Abstract
Mazkur maqolada talabalarning iqtisodiy xulq-atvorining diniy
va ijtimoiy-psixologik xususiyatlari hamda ularning iqtisodiy qarorlar qabul qilish
jarayoniga ta’siri tahlil qilingan. Tadqiqotning dolzarbligi globallashuv, raqamli
iqtisodiyot va bozor munosabatlari sharoitida yoshlarning iqtisodiy madaniyati,
moliyaviy savodxonligi hamda mas’uliyatli iqtisodiy xulq-atvorini shakllantirish
zarurati bilan izohlanadi. Tadqiqotning maqsadi talabalarning iqtisodiy xulqatvoriga diniy qadriyatlar va ijtimoiy-psixologik omillarning ta’sirini aniqlash
hamda ularning o‘zaro bog‘liqligini empirik jihatdan asoslashdan iborat. Tadqiqotda
tizimli, kompleks va qiyosiy yondashuvlar, ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish,
kuzatish, so‘rovnoma, matematik-statistik tahlil hamda O.F.Potyomkina tomonidan
ishlab chiqilgan “Ijtimoiy-psixologik ustanovkalarni diagnostika qilish”
metodikasidan foydalanildi. Olingan natijalar SPSS dasturi yordamida Studentning
mustaqil tanlanmalar uchun t-testi asosida tahlil qilindi. Natijalarga ko‘ra, mehnatga
yo‘nalganlik bo‘yicha jinslar o‘rtasida statistik jihatdan ahamiyatli farq aniqlanmadi.
Biroq erkinlikka yo‘nalganlik ayol talabalarda, hokimiyatga yo‘nalganlik esa erkak
talabalarda statistik jihatdan ishonchli darajada yuqori ekanligi aniqlandi. Tadqiqot
natijalari talabalarning iqtisodiy xulq-atvorini shakllantirishda diniy qadriyatlar va
ijtimoiy-psixologik omillarning muhim o‘rin tutishini ko‘rsatadi. Olingan xulosalar
oliy ta’lim muassasalarida iqtisodiy tarbiya, moliyaviy savodxonlik va tadbirkorlik
kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishda ilmiy
asos bo‘lib xizmat qiladi.
References
**Copyright and Licensing Terms**
Authors retain the copyright to their published works.
Articles published in FANLARARO ILMIY TADQIQOTLAR are distributed under the Creative Commons Attribution 4.0 International License (CC BY 4.0).
This license permits unrestricted use, distribution, reproduction, and adaptation of the published material in any medium, provided that appropriate credit is given to the original author(s) and source, a link to the license is provided, and any changes made are indicated.
License: https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/
