SUN’IY INTELLEKT VA O‘ZBEK ADABIYOTI: MUALLIFLIK, INTERTEKSTUALLIK VA BADIIY QIYMAT MASALALARI
pdf

How to Cite

SUN’IY INTELLEKT VA O‘ZBEK ADABIYOTI: MUALLIFLIK, INTERTEKSTUALLIK VA BADIIY QIYMAT MASALALARI. (2026). FANLARARO ILMIY TADQIQOTLAR, 1, 289-297. https://doi.org/10.68571/9nf46a09

Abstract

Maqolada generativ sun’iy intellekt vositalari yordamida
yaratilayotgan badiiy matnlarning zamonaviy adabiy jarayondagi o‘rni, mualliflik
maqomi, matnning originalligi va badiiy qiymati masalalari xalqaro adabiyotshunoslik
hamda raqamli gumanitar fanlar nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Roland Bart va Mishel
Fuko qarashlari asosida muallif va matn munosabatining nazariy jihatlari, sun’iy intellekt
ishtirokidagi ijodiy jarayonda inson omilining ahamiyati yoritilgan. O‘zbek badiiy tilining
raqamli texnologiyalar rivojida nisbatan cheklangan resurs bazasi, generativ modellar
faoliyatida milliy til va madaniy xususiyatlarni hisobga olish zarurati muhokama qilinadi.
Sun’iy intellekt orqali matn yaratish jarayoni o‘zbek mumtoz adabiyotidagi nazira va
tazmin an’analari, shuningdek, baxshichilikdagi og‘zaki ijod bilan qiyoslanadi. Maqolada
muammoni kelgusida empirik o‘rganish uchun korpus tahlili, ko‘r tajriba va suhbat
metodlarini birlashtiruvchi tadqiqot modeli taklif etiladi. Tadqiqotning asosiy xulosasi
shundan iboratki, sun’iy intellekt adabiy ijod uchun yangi imkoniyatlar yaratishi bilan
birga, mualliflik mas’uliyati, ijodiy mustaqillik, madaniy xotira va badiiy mezonlarni
qayta ko‘rib chiqishni ham taqozo etadi.

pdf

References

Creative Commons License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.