Abstract
Maqolada hozirgi oʻzbek raqamli diskursida inglizcha
oʻzlashmalarning mavzuviy-konseptual, semantik hamda strukturaviy va soʻz
yasalishiga oid moslashuv xususiyatlari koʻrib chiqiladi. Tadqiqotning dolzarbligi
raqamlashtirish sharoitida ingliz va oʻzbek tillari oʻrtasidagi aloqalarning kengayishi,
ijtimoiy tarmoqlar, axborot texnologiyalari, elektron tijorat va kasbiy internet
muloqotining rivojlanishi bilan belgilanadi. Maqolaning maqsadi inglizcha
oʻzlashmalarning asosiy mavzuiy guruhlarini tizimlashtirish, ularning semantik
oʻzgarish mexanizmlarini aniqlash va oʻzbek tilida oʻzlashtirilishining strukturaviygrammatik jihatlarini tavsiflashdan iborat. Metodologik asosni til aloqalari nazariyasi,
kognitiv semantika, kategoriyalash nazariyasi va soʻz yasalishiga oid qarashlar tashkil
etadi. Tavsifiy, qiyosiy, komponent va strukturaviy-semantik tahlil usullaridan
foydalanilgan. Koʻrib chiqilgan leksik materialni umumlashtirish natijasida inglizcha
birliklar qoʻllanadigan asosiy mavzuiy sohalar ajratildi, mavzuiy va konseptual
mansublik farqlandi, maʼnoni saqlash, kengaytirish, toraytirish va ixtisoslashtirish
mexanizmlari tizimlashtirildi. Oʻzlashmaning shakliy moslashuvi har doim ham
semantik oʻzgarish bilan birga kechmasligi, asosiy lugʻaviy maʼno saqlangan holda esa
konseptual talqin oʻzgarishi mumkinligi koʻrsatildi. Inglizcha oʻzlashmalarning
moslashuvini tavsiflashda til shakli, semantika va konseptual mazmunni oʻzaro bogʻliq
mezonlar sifatida koʻrishga asoslangan kompleks yondashuv taklif etildi.
References

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
