Abstract
Mazkur maqolada paxtani dastlabki qayta ishlash jarayonida
pnevmotransport tizimi orqali tashilayotgan chigitli paxta tarkibidagi og‘ir va yirik
aralashmalarni, jumladan, tosh, metall parchalari hamda kesaklarni ajratib olishga
mo‘ljallangan toshtutgich qurilmalarining konstruktiv kamchiliklari tahlil qilingan.
Mavjud qurilmalarda paxta xomashyosining ajratish kamerasi devorlariga urilishi
natijasida yuzaga keladigan mexanik shikastlanishlar, shuningdek, foydali
mahsulotning chiqindi yig‘ish cho‘ntagiga tushib qolishi oqibatida sodir bo‘ladigan
xomashyo yo‘qotishlari ko‘rib chiqilgan. Toshtutgich qurilmalarining konstruktiv
xususiyatlari, havo oqimining aerodinamik ta’siri hamda paxta va og‘ir
aralashmalarning harakat trayektoriyalari bilan bog‘liq texnologik muammolar
yoritilgan.
References

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
