BUXORO VILOYATI ISSIQ IQLIM SHAROITIDA FOTOELEKTR MODULLARNING HARORAT REJIMINI MODELLASHTIRISH VA PASSIV RADIATORLI SOVITISH SAMARADORLIGINI BAHOLASH
pdf

How to Cite

BUXORO VILOYATI ISSIQ IQLIM SHAROITIDA FOTOELEKTR MODULLARNING HARORAT REJIMINI MODELLASHTIRISH VA PASSIV RADIATORLI SOVITISH SAMARADORLIGINI BAHOLASH. (2026). FANLARARO ILMIY TADQIQOTLAR, 1, 215-222. https://doi.org/10.68571/z1psp627

Abstract

Buxoro viloyatining yozi issiq va quruq iqlimida
kremniyli fotoelektr modullar haroratining energiya ishlab chiqarishga taʼsirini
miqdoriy baholash hamda modulning orqa yuzasiga oʻrnatiladigan alyuminiy
qovurgʻali radiator bilan passiv sovitish samarasini aniqlash. Usullar: modul harorati
Faiman issiqlik balansi modeli asosida, quyosh nurlanishi va havo haroratining sutkalik
oʻzgarishi esa sinusoidal yaqinlashtirish orqali daqiqa qadamida hisoblandi; koʻp yillik
oʻrtacha iqlim koʻrsatkichlari NASA POWER maʼlumotlariga tayangan holda olindi.
Natijalar: sovitishsiz 400 Vt li modulda haroratga bogʻliq yillik yoʻqotish 3,67 % ni,
iyul oyida esa 8,3 % ni tashkil etishi, radiator qoʻllanganda modulning eng yuqori
harorati 3,0–3,3 °C ga pasayib, yillik ishlab chiqarish 0,79 % ga, kam shamolli
sharoitda esa 1,5–2,1 % gacha ortishi koʻrsatildi. Xulosa: passiv sovitish samarasi
shamol tezligiga kuchli bogʻliq boʻlib, Buxoro sharoitida yirik fotoelektr stansiyalar
uchun texnik jihatdan asoslangan, energiya sarflamaydigan yechim hisoblanadi.

pdf

References

Creative Commons License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.