BUXORO VILOYATI SHAROITIDA KICHIK QUVVATLI SHAMOL ELEKTR QURILMALARINING ENERGETIK KOʻRSATKICHLARINI VEYBULL TAQSIMOTI ASOSIDA BAHOLASH VA OPTIMAL TURBINA TANLASH
pdf

How to Cite

BUXORO VILOYATI SHAROITIDA KICHIK QUVVATLI SHAMOL ELEKTR QURILMALARINING ENERGETIK KOʻRSATKICHLARINI VEYBULL TAQSIMOTI ASOSIDA BAHOLASH VA OPTIMAL TURBINA TANLASH. (2026). FANLARARO ILMIY TADQIQOTLAR, 1, 201-207. https://doi.org/10.68571/mj6kdf18

Abstract

Buxoro viloyatining past va oʻrtacha shamol potensiali
sharoitida kichik quvvatli (5 kVt) shamol elektr qurilmalarining yillik energiya ishlab
chiqarishini baholash, minora balandligi va turbinaning nominal tezligini toʻgʻri
tanlash boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish. Usullar: shamol
tezligining ehtimollik taqsimoti ikki parametrli Veybull funksiyasi bilan, balandlik
boʻyicha oʻzgarishi Hellman darajali qonuni bilan ifodalandi; havo zichligining oylik
harorat va joy balandligiga bogʻliqligi hisobga olindi; ikki xil quvvat egri chizigʻiga
ega turbinalar solishtirildi. Natijalar: 30 m balandlikda oʻrtacha yillik shamol tezligi
4,16 m/s, solishtirma shamol quvvati 86 Vt/m² ni tashkil etishi; nominal tezligi 9 m/s
boʻlgan turbina 12 m/s li turbinaga nisbatan 2,3 barobar koʻp (7085 kVt·soat) energiya
ishlab chiqarishi; minorani 10 m dan 30 m gacha koʻtarish ishlab chiqarishni 68 % ga
oshirishi; havo zichligini hisobga olmaslik yozgi ishlab chiqarishni 5–7 % ga oshirib
koʻrsatishi aniqlandi. Xulosa: Buxoro sharoitida past nominal tezlikka moslashtirilgan
turbinalarni kamida 30 m balandlikda oʻrnatish maqsadga muvofiq.

pdf

References

Creative Commons License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.