Abstract
Ijtimoiy tarmoqlardagi layk va izohlar oʻsmirlar uchun
tengdoshlar tomonidan tan olinishning koʻrinadigan belgisiga aylanib, tashqi
baholanishga ehtiyojning shakllanishiga taʼsir koʻrsatishi mumkin. Maqola nazariytahliliy xarakterga ega boʻlib, ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish, qiyosiy tahlil va nazariy
umumlashtirish usullariga asoslangan. Tahlil layk va izohlar ijtimoiy solishtirish,
ijtimoiy tasdiqni kutish, onlayn obrazni moslashtirish hamda salbiy fikr-mulohazaga
sezgirlik mexanizmlari orqali tashqi baholanishga bogʻliqlikni kuchaytirishi
mumkinligini koʻrsatdi; ularning taʼsiri oʻsmirning individual xususiyatlari va oldingi
ijtimoiy tajribasiga bogʻliq. Natijalar asosida taʼlim muassasalaridagi psixologik
xizmat uchun ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi va Oʻzbekiston oʻsmirlari
ishtirokida empirik tadqiqotlar oʻtkazish zarurati asoslandi.
References

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
