Abstract
Annotatsiya. Mazkur maqolada oʻsmirlarda kasb tanlash motivatsiyasini
rivojlantirishning psixologik jihatlari nazariy tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi
kasbiy oʻzini oʻzi belgilash jarayonida motivatsiya sifatini belgilovchi omillarni
tizimlashtirish va psixologik qoʻllab-quvvatlash yoʻnalishlarini asoslashdan iborat.
Tadqiqotda 2017–2025-yillarda chop etilgan xalqaro va mahalliy ilmiy manbalarning
nazariy-tahliliy sharhi, qiyosiy umumlashtirish hamda modellashtirish usullaridan
foydalanilgan. Tahlil asosida avtonom va nazorat qilinuvchi motivlar, kasbiy qaror
qabul qilishda oʻziga ishonch, kasbiy identitet, kasbiy izlanish hamda oilaviy
muhitning taʼsiri oʻzaro bogʻliq omillar sifatida tizimlashtirilgan. Oʻsmirlarning toʻrt
motivatsion profili tavsiflanib, kasb tanlash motivatsiyasini rivojlantirishga qaratilgan
toʻrt bosqichli psixologik hamrohlik modeli taklif etilgan. Oʻquvchining mustaqilligi,
kompetentlik hissi va ichki qiziqishini qoʻllab-quvvatlash kasbiy tanlovning ongli va
shaxsiy maqsadlarga muvofiq shakllanishiga xizmat qilishi asoslangan. Maqoladagi
xulosa va takliflar maktab psixologining kasbga yoʻnaltirish faoliyatini
takomillashtirishga qaratilgan.
References

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
